Shell neft qazib olishni kamaytirmaydi
Shell neft va gaz kompaniyasining yangi bosh direktori Vael Savan neft qazib olishni qisqartirish rejalaridan voz kechdi, xabar beradi The Guardian.
Bu kompaniyaning atmosferadagi uglerod chiqindilarini minimallashtirish jarayonini tezlashtirish haqidagi oldingi da’vosi fonida sodir bo‘lmoqda.
Kompaniya 2023-yildan 2035-yilgacha neft va gaz qazib olishga 40 milliard dollar sarmoya kiritadi. Bundan tashqari, Savan
barqaror qazib olish va Shell aksiyadorlariga to‘lovlarga pul tikadi.
2019-yilda Shell kuniga 1,9 million barrel neft qazib oldi, keyin bu ko‘rsatkich kuniga 1,5 million barrelga tushdi, bu 2019-yildagi ishlab chiqarishdan 21 foizga past.
«2030-yilga kelib neft qazib olishni qisqartirish maqsadimiz o‘zgarmadi. Biz buni sakkiz yil oldin bajardik», dedi kompaniya.