Yandex Cloud bulut platformasi O‘zbekistonda Yandex SpeechKit nutqni aniqlash dasturini ishga tushirdi. Dastur o‘zbek tilidagi nutqni matnga aylantirish va uni «odam» ovozida baland ovozda o‘qish imkoniyatiga ega.
Tizim yordamida kompaniyalar call-markazlar xizmatini yaxshilash, qo‘ng‘iroqlarni ko‘proq qabul qilish va operatorlar ish sifatini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Endi Yandex SpeechKit 16 tilda, xususan rus tilida ishlashi mumkin. Har qanday tilni o’rganish uchun tizim minglab soat audio tinglagan.
«Yandeks bulutli mahsulotlar» kompaniyasi rahbari Grigoriy Atrepyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘plab kompaniyalar sun’iy intellekt, xususan, nutqni aniqlash texnologiyasi bilan ishlay boshlagan.
«Hamkorlarimizdan birining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda nutq texnologiyalari bozori hajmi yiliga 395 million daqiqagacha qayta ishlangan nutqqa yetishi mumkin», dedi u.