Trend.az: Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l loyihasi iqtisodiy taraqqiyotga turtki beradi
Trend.az: «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga turtki beradi» – Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa instituti yetakchi eksperti Li Ruisi. Xitoydan O‘zbekistonga olib boriladigan temir yo‘l liniyasi mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
«Vedomosti»: «Fadeev mehnat muhojirlarini yanada puxtaroq tanlashga chaqirdi» – Inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Valeriy Fadeev Rossiya Federatsiyasiga chet ellik ishchilarni jalb qilish uchun kvota va tanlov joriy etishni taklif qildi.
TASS: «Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro katta hajmda yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi» – Rossiya va O‘zbekiston «Eurasian Agroexpress»ni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqladi. Loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berish hajmini oshiradi.
Trend.az: «O‘zbekiston yil oxirigacha “Toshkent-Andijon» pullik yo‘li qurilishini boshlaydi” – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil oxirigacha «Toshkent-Andijon» pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasini ishga tushirishini ma’lum qildi.