Hayit bayramida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi?
eʼlon qilindi
Qurbon hayiti 2023-yil 28-iyun kuni nishonlanadi, deb xabar qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
Unga ko‘ra, Qurbon Hayiti 28 iyun – chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi.
Prezidentning tegishli Farmoniga ko‘ra, bayram munosabati bilan barcha xodimlar 5 kun ketma-ket dam olishlari mumkin.
28-iyun, chorshanba kuni – Qurbon hayiti birinchi kuni;
29-iyun – payshanba, qo‘shimcha dam olish kuni;
30-iyun – juma, qo‘shimcha dam olish kuni;
1-iyul – shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
2-iyul – yakshanba, odatiy dam olish kuni.
Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayiti 21-aprel kuni bo‘lib o‘tgan edi.