Yangiliklar

Hayit bayramida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Qurbon hayiti 2023-yil 28-iyun kuni nishonlanadi, deb xabar qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Unga ko‘ra, Qurbon Hayiti 28 iyun – chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Prezidentning tegishli Farmoniga ko‘ra, bayram munosabati bilan barcha xodimlar 5 kun ketma-ket dam olishlari mumkin.

28-iyun, chorshanba kuni – Qurbon hayiti birinchi kuni;

29-iyun – payshanba, qo‘shimcha dam olish kuni;

30-iyun – juma, qo‘shimcha dam olish kuni;

1-iyul – shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

2-iyul – yakshanba, odatiy dam olish kuni.

Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayiti 21-aprel kuni bo‘lib o‘tgan edi.