Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi qariyb 2,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan.
Hududlar kesimida ijara xizmatlari hajmi quyidagicha, mlrd so‘m:
— Qoraqalpog‘iston R. – 61,2
— Andijon viloyati – 139,9
— Buxoro viloyati –122,8
— Jizzax viloyati – 48,4
— Qashqadaryo viloyati – 128,2
— Navoiy viloyati – 44,4
— Namangan viloyati – 85,7
— Samarqand viloyati – 234,1
— Surxondaryo viloyati – 87,5
— Sirdaryo viloyati – 36,5
— Toshkent viloyati – 248,6
— Farg‘ona viloyati – 148,4
— Xorazm viloyati – 59,1
— Toshkent shahri – 732,4
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda 2023-yilning to‘rt oyida yengil avtomobillar ijarasi va lizing xizmatlari hajmi 1,2 trln so‘mdan oshganini yozgan edi.