Rossiyaning parranda go‘shti va shokoladi O‘zbekiston bozorini zabt etmoqda
Oʻzbekiston Rossiyaning halol parranda goʻshti ishlab chiqaruvchilari uchun eng tez oʻsayotgan bozorga aylandi, maʼlum qildi Rossiya qishloq xoʻjaligi banki sanoat ekspertizasi markazi rahbari Andrey Dalnov, re-portga.
So‘nggi besh yilda Rossiyadan O‘zbekistonga halol parranda go‘shti yetkazib berish hajmi har yili 56% ga o‘sdi.
Bundan tashqari, 2022-yilda respublika Rossiya Federatsiyasidan halol shokolad xarid qilish bo‘yicha ham ikkinchi o‘rinni egalladi – 90 million dollar. Qozog‘iston yetakchi bo‘ldi – 200 million dollar, Ozarbayjon uchinchi o‘rinda – 53 million dollar.
Shuningdek, oʻtgan yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasidan 13 million dollarga mol goʻshti sotib oldi. Dalnov shuningdek, mamlakatimizga goʻsht yetkazib berish hajmi yanada oshishini kutmoqda.