Xitoy “bulutli” xizmatlar uchun sarf-xarajatlarni oshirmoqda
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Ularning katta qismi Huawei, Alibaba, Tencent va Baidu AI kompaniyalariga to‘g‘ri keladi
Xitoy kompaniyalarining «bulutli» xizmatlar uchun xarajatlari global xizmatlarning 12 foizigacha o‘sdi. «Bulutli» infratuzilma masofaviy kompyuter dasturlari va uskunalaridan foydalanishga imkon beradi. Bu haqda Sinxua mahalliy axborot agentligi xabar berdi.
Yanvar-mart oylarida Xitoyda «bulutli»» xizmatlarga sarf-xarajatlar 6 foizga oshdi va pul jihatidan 7,7 milliard dollarni tashkil etdi.
Mamlakatdagi bunday texnologiyalarning eng yirik yetkazib beruvchilari Huawei Cloud, Alibaba Cloud, Tencent Cloud, Baidu Cloud bo‘ldi. Ushbu kompaniyalarning xizmatlari Xitoyning «bulutlar»ga sarflagan xarajatlarining 79 foizini tashkil etdi.