Oltinga boy Psixiya asteroidini NASA o‘rganmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu missiya kuzda boshlanadi

Amerika aerokosmik agentligi NASA 2023-yil oktabr oyida oltinga boy Psixiya asteroidini tadqiq qilish missiyasini boshlaydi, deya xabar beradi NewsMax Internet portali.

Foto: jpl.nasa.gov

«Psixiya» kosmik kemasi Florida shtatidagi Kennedi kosmik markazidan 5-25- oktyabr kunlari uchiriladi. Asteroidga yetib borish vaqti 2029-yil avgust oyida bo‘lishi kutilmoqda.

Dastlab missiya 2022-yil avgust oyida boshlanishi reja qilingan edi. Ammo NASA Jet Propulsion laboratoriyasidagi institutsional muammolar sabab boshlanish sanasi qoldirildi. Hozirgi vaqtda u muammolar hal qilindi.

Psixiya asteroidi oltin, temir, nikel va boshqa noyob metallardan iborat. Ularning potensial qiymati mutaxassislar tomonidan 10 ming kvadrillion dollarga baholanmoqda. Biroq, asteroidni o‘rganishdan maqsad quyosh tizimi tarixini yaxshiroq tushunishdir.   

Shuningdek