Seshanba kuni Toshkent tumanlarining yarmidan ko‘pi elektr ta’minotisiz qoladi
20-iyun, seshanba kuni ertalab Toshkent shahrining yetti tumanida tarmoqlarda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan elektr energiyasi ta’minlanmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.
Soat 09:00 dan 16:00 ga qadar «Qozirobod» va «Kerkam» (Chilonzor tumani), «Mirishkor» (Yashnobod tumani), «Xo‘ja Uchqun», «Zabardast» va «Nurli yo‘l» (Bektemir tumani), «Mevazor» va «Zakovat» (Mirzo Ulug‘bek tumani). va «Vikor» (Yangihayot tumani) mahallalarida elektr energiyasi uziladi.
Shuningdek, soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Shayxontohur tumanidagi «Chorsu» va «Beltepa» mahallalari ham o‘chiriladi. Soat 10:00 dan 15:00 ga qadar Uchtepa tumanidagi «Nishob ariq» mahalla fuqarolar yig‘inining ayrim xonadonlarida elektr energiyasi ta’minlanmaydi.
Ayni paytda Toshkent shahrida tarmoqlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash doirasida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Bir kun avval «Kursiv» O‘zbekistonning bir qancha hududlarida elektr energiyasi uzilgani haqida yozgan edi.