Suzuki “uchar mashinalar” ishlab chiqaradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Loyiha SkyDrive Inc bilan birgalikda amalga oshirilmoqda

Suzuki Motors elektrosamolyot ishlab chiqaruvchi SkyDrive Inc bilan shartnoma tuzdi. Kompaniyalar birgalikda 2024-yilning bahorida «uchar mashinalar» ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Unsplash

Gap vertikal uchish va qo‘nish vositalarini (eVTOL) chiqarish haqida bormoqda. Ular Yaponiyaning Markaziy qismidagi Suzuki zavodida ishlashadi.

Loyihani amalga oshirish uchun SkyDrive sho‘ba korxonasini yaratadi, Suzuki ishlab chiqarish va mutaxassislarni tayyorlashda yordam beradi.

Ikkala kompaniya ham Yaponiyada joylashgan. 2022-yilning mart oyida ular «uchar mashinalar»ni tadqiq qilish, ishlab chiqish va marketing bo‘yicha kuchlarni birlashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladilar.

Shuningdek