O‘zbekiston musulmonlari idorasi 28-iyun kuni Qurbon hayiti namozi taqvimini e’lon qildi – u Toshkentda soat 05:15 da bo‘ladi. Toshkent viloyatida namoz vaqti 05:20 ga belgilandi.

Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida namoz vaqti 5:40. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida namoz vaqti 05:10. Samarqand viloyatida namoz 05:35, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida 05:50, Jizzax viloyatida 05:30, Sirdaryoda 05:25 da boshlanadi.