O‘zbekistondan Xitoyga quvur gazi eksporti deyarli 61 foizga kamaydi. Bu haqda TASS Xitoy bosh bojxona boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Yanvar-may oylarida O‘zbekiston Xitoyga gazni 118,6 million dollarga sotdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 60,7%ga kam. Yetkazib berish keskin pasayganiga qaramay, O‘zbekiston ko‘k yoqilg‘i eksport qilish bo‘yicha yetakchi besh davlat qatoriga kirdi.
Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Turkmaniston egallaydi (eksport 4,25 mlrd dollarga). Keyin Rossiya va Myanma — mos ravishda 2,81 milliard dollar va 630,5 million dollar. To‘rtinchi o‘rinda Qozog‘iston 300,1 million dollar turadi.
Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish 10,5 foizga kamayib, 19,8 mlrd kub metrga yetdi.