Yer va mulk solig‘i kimlar uchun kamaytiriladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Oliy Majlis quyi palatasi tomonidan tasdiqlangan soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «Mamlakat aholisi va tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari berish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi, deb xabar qildi parlament quyi palatasi matbuot xizmati.
Hujjatda eng og‘ir sharoitlarga ega 47 ta hududda soliq yukini yengillashtirish taklif etilgan. Ular orasida foydalanilmayotgan yer mulkiga nisbatan oshirilgan soliq stavkalarini bekor qilish ham bor.
Kadastrsiz uy-joy mulkdorlari uchun yer solig‘ini hisoblash to‘xtatilishi kutilmoqda.
Soliq qoʻmitasidan maʼlum qilishlaricha, elektrotexnika sanoati uchun ham imtiyozlar joriy etish koʻzda tutilgan. Xususan, sanoat markazlari uchun ijtimoiy, yer va mol-mulk solig‘i 1%gacha kamaytiriladi.