Yangiliklar

UzOman fintech sohasida Zood platformasiga sarmoya kiritdi

Pul O‘zbekistonda raqamli moliyani rivojlantirishga yo‘naltiriladi

Zood moliyaviy-texnologik platformasi UzOman O’zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi (UOIC) sarmoyalarini jalb qildi. Investitsiya qilingan mablag’lar miqdori oshkor etilmagan.

Foto: Zood

ZoodMall pullar O‘zbekistonda raqamli moliya innovatsiyalarini joriy etishga yo‘naltirilishini ta’kidladi.

«Zood»ning innovatsion, qulay va xavfsiz toʻlov yechimlarini taqdim etishga qaratayotgan eʼtibori UOICning Oʻzbekiston Respublikasi moliya sektoriga sarmoya kiritish hamda korxonalar va jismoniy shaxslarni zamonaviy moliyaviy vositalar yordamida kengaytirish boʻyicha rejalariga toʻliq mos keladi”, dedi UzOman bosh direktori Muhammad al-Lavatiy.

Zood O‘zbekiston bozoriga 2017-yilda kirib kelgan. Platforma foydalanuvchilari tovarlarni «Hozir sotib ol, keyinroq toʻlash» sxemasi boʻyicha xarid qilishlari mumkin. Saytda 30 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy sotuvchilarning mahsulotlari taqdim etilgan.