Rossiyalik dilerlar O‘zbekistonda UzAuto Motors zavodida ishlab chiqarilayotgan Chevrolet Cobalt sedanlarining parallel importini yo‘lga qo‘ydi, yozadi Avto.Rambler.
Rossiya dilerlik do’konlarida bunday mashinalar 1,45 million rublni tashkil qiladi. Yangi Lada Vesta taxminan shu narxda tushadi.
Ilgari o‘zbek avtomobilsozlik mahsulotlari Rossiyada talabga ega emas edi, biroq sanksiyalar sharoitida ular arzonligi tufayli barqaror sotuv bozoriga tayanishi mumkin.
Dvigatelning xususiyatlariga ko’ra, o’zbek sedani rossiyalik raqobatchidan kam emas. Shu bilan birga, u olti bosqichli avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan, Lada Vesta esa hozircha faqat «mexanika»ga ega.
Avvalroq, «Kursiv» kichik avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari pasaytirilgach, O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar narxi qanday o‘zgarishini tushuntirib bergan edi.