Lityum qazib olish elektromobil ishlab chiqaruvchilari bilan tenglashmaydi
Dunyodagi lityum konchilari inflyatsiya, xodimlarning yetishmasligi va qazib olish uchun ruxsatnomalarning kechiktirilishidan xavotirda. Bu elektromobil akkumulyatorlari ishlab chiqaruvchi zavodlarni xomashyo yetkazib berishga to‘sqinlik qilishi mumkin, deb yozadi Reuters axborot agentligi.
Ushbu haftada Lake Resources Argentinadagi Kachi zavodida lityum ishlab chiqarishni uch yilga kechiktirdi. Buning sabablari logistika va elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar edi.
Yana bir lityum ishlab chiqaruvchisi Albemarle Amerika, Osiyo va Avstraliyada o‘z faoliyatini kuchaytirmoqda. Biroq, lityumga global talab 2030-yilda taklifdan 500 ming tonna oshishi kutilmoqda.
«Bu katta muammo», dedi Erik Norris, Albemarlening lityum bo‘limi rahbari.
2022-yilda dunyoda 45 ta litiy konlari ishlagan. Yana 11 tasi 2023-yilda, yettitasi 2024-yilda ochilishi kutilmoqda. Bu global talabni qondirish uchun zarur boʻlgan darajadan ancha past.
Mutaxassislarning fikricha, tanqislik akkumulyator ishlab chiqarishda past sifatli lityumdan foydalanishga olib keladi. Ularning imkoniyatlari kamayadi.