Rossiya poytaxtidagi Troekurovskiy qabristonida asli oʻzbek immunologi Rahim Xaitov haykali ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi, deb yozadi «Vechernaya Moskva».
«Rahim Musayevich – ustun, bu butun hayotini tibbiyotga, shogirdlariga bag‘ishlagan odam. (…) Vaksinalar, dori-darmonlar, bosma asarlar va qalblarida mutlaqo hayoliy, ajoyib insonning xotirasini saqlaydigan odamlar qoladi», – dedi Rossiya Federal Tibbiyot va Biologiya Agentligi (FMBA) rahbari Veronika Skvorsova.
Rahim Xaitov 2014-yilgacha Rossiya Immunologiya institutini boshqargan. U davlat Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mustaqil allergist-immunologi, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi bo‘lgan.
Xaitov asli samarqandlik o‘zbek.