Tolibon Afg‘onistonning valyuta zaxiralarini qaytarishni so‘ramoqda
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Pul asosan AQSh banklarida saqlanadi
Tolibon Afg‘oniston Markaziy bankining bloklangan zahiralarini qaytarishda yordam so‘rab BMTga murojaat qildi. Bu haqda «Kommersant» nashri xabar berdi.
Bu soʻrov Afgʻoniston banki rahbari Hidoyatulloh Badri tomonidan BMTning mamlakatdagi koordinatori Ramiz Alakbarov bilan uchrashuvda bildirildi.
Badri hozirgi moliyaviy cheklovlar Afg‘oniston iqtisodiyotining o‘sishiga to‘sqinlik qilayotganiga e’tibor qaratdi.
Afg‘onistonning valyuta zaxiralari asosan AQSh banklarida. Mablag‘lar mamlakatda Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin muzlatib qo‘yilgan.