15 avgustdan sayyohlar Vyetnamda elektron viza bilan 90 kungacha va vizasiz rejimda bir marta tashrif buyurish uchun 45 kungacha qolishlari mumkin. 24-iyun kuni bu mamlakat Milliy assambleyasi tegishli qonunga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi.
Bundan tashqari, elektron viza endi ko‘p martalik bo‘lib, sayyohlar 30 kun ichida yangi viza uchun ariza topshirmasdan, mamlakatni tark etishlari va qayta kirishlari mumkin bo‘ladi.
Qonun kuchga kirgunga qadar O‘zbekiston fuqarolarining elektron vizada bo‘lish muddati 30 kun bilan cheklangan. Shu tariqa, ularning bu mamlakatda bo‘lish muddati uch baravar oshirildi.
TASS IA xabariga ko‘ra, Vyetnam mintaqadagi boshqa davlatlarga qaraganda avvalroq sayyohlar uchun antikovid cheklovlarini bekor qilgan. Biroq, 2022 yilda sayyohlar oqimi 5 million kishiga mo’ljallangan maqsadning atigi 70 foizini tashkil etdi.
Bu yil Vetnam hukumati uni 8 millionga yetkazish va turizmdan 27,5 milliard dollar daromad olish vazifasini qo‘ygan.
Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilning besh oyida qancha O‘zbekiston fuqarosi xorijga ketganini yozgan edi.