Turkiyaning «Galatasaroy» klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda.
Turkiya Superligasi reglamentiga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston futbolchilari legioner hisoblanmaydi, ammo «Galatasaroy» shunday o‘yinchidan faqat bittasini olib ketishi mumkin.
2017-2020- yillarda Shomurodov «Rostov» safida to‘p surgan va jami 91 ta o‘yinda maydonga tushgan.
2022/2023 yilgi mavsumda Shomurodov Italiyaning «Spesiya» klubidan sotib olish huquqisiz ijaraga olingan va buning uchun u 16 o‘yinda bitta gol urgan.
Ayrim OAV xabarlariga ko‘ra, transfer summasi 6 million yevroga yetishi mumkin.
Avvalroq, Saudiyaning «Al-Hilol» klubi «PSJ» hujumchisi Leonel Messiga yillik maoshi 400 million yevroni tashkil etadigan shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.