2023-yilning yanvar-may oylari natijalariga ko‘ra, temir yo‘l xizmatidan 4,1 million yo‘lovchi foydalangan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 13,5 foizga koʻpdir, xabar qildi Oʻzbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.
Joriy yilning besh oyida temir yo‘l transportida 45,1 million tonna yuk tashilib, o‘sish 9,6 foizni tashkil etdi.
2022-yil yakuniga ko‘ra, ushbu transport turida 8,9 million o‘zbekistonlik tashilgan, har kuni o‘rtacha 24,6 ming yo‘lovchi foydalanilgan.
Avvalroq, «Kursiv» Rossiya temir yo‘llari (RZD) Xitoydan O‘zbekistonga yo‘nalish qurish loyihasiga qo‘shilishga tayyorligini yozgan edi.