Oʻzbekiston bozorini Xitoydan kelgan tovarlar egallab oldi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Ma'lumotlar Statistika agentligi tomonidan taqdim etilgan
Xitoy 2023-yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga tovarlar importi bo‘yicha yetakchiga aylandi. Yanvar-may oylarida mahalliy bozorga 3,7 milliard dollarlik Xitoy tovarlari kirib keldi, bu haqda mamlakat Statistika agentligi xabar qildi.
O‘zbekistonga eksport qiluvchi davlatlar beshligiga, shuningdek, Rossiya (2,8 milliard dollar), Qozog‘iston (1,4 milliard dollar), Koreya (1 milliard dollar) va Germaniya (862 million dollar) kirdi.
«Kursiv» avvalroq Xitoyning O‘zbekiston bilan savdosi 2023-yilning besh oyida qariyb chorakga oshgani haqida yozgan edi.