Amerikaning Apollon global Management investitsiya kompaniyasi yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchisi Wolfspeed-ga 2 milliard dollar sarmoya kiritadi. Mablag‘lar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga sarflanadi, deya xabar beradi Bloomberg.
Wolf speed darhol 1,25 milliard dollar oladi. Qolgan mablag‘lar keyinchalik, ehtimol obligatsiyalar shaklida bo‘ladi. Pul avtomobil ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq mahsulot etkazib berish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltiriladi.
Wolfspeed yarimo‘tkazgichlari qayta tiklanadigan energetika, avtomobilsozlik, mudofaa va aerokosmik sohalarda qo‘llaniladi. Korxonaning qiymati 7 milliard dollardan oshadi.