Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati yuqori tezlikdagi internetni joriy qilish uchun 42 milliard dollar ajratdi. 2030-yilgacha mamlakatning barcha aholisi undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, deya xabar beradi Reuters axborot agentligi.
«Bu tarixdagi yuqori tezlikdagi internetga qilingan eng katta sarmoyadir. Bugungi iqtisodiyotning ishlashi uchun elektr, suv yoki boshqa asosiy xizmatlardan foydalanish kabi internetga kirish ham muhim», – dedi AQSh prezidenti Jo Bayden.
Mablag‘lar mamlakatning 50 shtatlari o‘rtasida taqsimlanadi, ularning har biri kamida 107 million dollar oladi. Mablag‘lar Federal aloqa komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan internet qamrovi xaritasidagi mintaqaning o‘rniga qarab belgilanadi. Mablag‘larning katta qismi Texas va Kaliforniyaga yo‘naltiriladi. AQShda 8,5 million hamjamiyat yuqori tezlikdagi internetga kirish imkoniga ega emas.