O‘zbekistonda so‘nggi besh yil ichida telekommunikatsiya va IT-kompaniyalar soni 1,8 barobarga oshdi, xabar beradi Statistika agentligi.
2023-yilning dastlabki besh oyida IT va telekommunikatsiya sohalarida 1335 ta kompaniya ochildi. Butun 2022-yil davomida biroz kamroq – 1121 ta korxona tashkil etilgan bo‘lsa, 2021-yilda deyarli bir xil (1116 ta) korxona ochilgan.
So‘nggi besh yil ichida eng past ko‘rsatkich 2020-yilda qayd etilgan bo‘lib, yil davomida mamlakatda 672 ta kompaniya ro‘yxatga olingan. 2019-yilda 748 ta firma ish boshladi.
«Kursiv» O‘zbekistonni postsovet hududidagi eng istiqbolli telekommunikatsiya bozorlaridan biriga aylantiruvchi jihatlarni ko‘rib chiqdi.