O‘zbekiston eng yirik o‘rik yetkazib beruvchilardan biriga aylanishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston haqida nima yozishmoqda: xorijiy matbuotga sharh

EastFruit: «O‘zbekiston 2023-yilda yangi o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqadi» – EastFruit portali prognozlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston Turkiyadan keyin ikkinchi yirik o‘rik eksportchisiga aylanishi mumkin. Mavsum davomida O‘zbekiston xorijga 65-70 ming tonnaga yaqin mahsulot yetkazib beradi.

Foto: Unsplash

Logist. Today: «Litva: tashuvchilar Qora va Kaspiy dengizlari orqali yangi marshrutlarni ishlab chiqmoqda» – Litva tashuvchilari O‘zbekiston, Qozog‘iston va mintaqaning boshqa davlatlari bilan hamkorlikni davom ettirish uchun Sharqqa yangi yo‘nalishlarni qidirmoqda.

TASS: «Checheniston aeroporti O‘zbekistondan muntazam reysning birinchi bortini qabul qildi» – Grozniy havo bandargohi «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining Toshkentdan birinchi samolyotini qabul qildi.

Central Asia. Media: «O‘zbekistonning ikki kompaniyasi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 11-paketiga kiritildi» – Yevropa Ittifoqi o‘zbekning ikki kompaniyasi Alfa Beta Creative MChJ va GFK Logistics Asia MChJga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Shuningdek