O‘zbekiston rossiyaliklar orasida eng mashhur havo yo‘nalishlari beshligiga kirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yandex Travel kompaniyasi tadqiqotiga ko'ra

O‘zbekiston joriy yilning iyun oyida Rossiya fuqarolari orasida eng mashhur havo yo‘nalishlari bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Yandex Travel ma’lumotlariga tayanib, «TASS» axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Travel

«Xorijiy sayohatlar uchun koʻpincha Turkiya, Armaniston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Ozarbayjonni tanlaydi. MDHdan tashqari davlatlar orasida Turkiyadan tashqari Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Tailand va Isroil mashhurdir», — deyiladi tadqiqotda.

Rossiyadan O‘zbekistonga (har ikki tomonga) aviachiptaning o‘rtacha narxi 3,5 million so‘mni tashkil qildi.

2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Rossiya Federatsiyasidan sayyohlar oqimini ikki barobarga, ya’ni 1 million kishigacha oshirish niyatida. 2022-yil oxiriga kelib O‘zbekistonga 567 ming rossiyalik sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan. Taqqoslash uchun, 2021 yilda bu raqamlar 2,5 baravar kam – 190 ming kishiga yaqin edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston fuqarolariga Vyetnamda uch oygacha qolishga ruxsat berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek