O‘zbekistonda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston fuqarolari 28 iyundan 5 iyulga qadar O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin. Respublika boʻylab saylov uchastkalari ochildi, xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda prezidentlik saylovining yagona kuni joriy yilning 9 iyuliga belgilangan.
«Saylov kuni yashash joyida boʻlolmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega», – deya ishontirdi MSK.
Ish kunlarida saylov uchastkalari soat 9:00 dan 18:00 gacha, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
O‘zbekiston Prezidentligiga to‘rt nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda. O‘zXDPdan – Ulug‘bek Inoyatov, O‘zLiDeP va «Milliy tiklanish»dan – Shavkat Mirziyoyev, Eko partiyadan – Abdushukur Hamzaev, «Adolat»dan – Robaxon Maxmudova.
Avvalroq, «Kursiv» prezidentlik saylovlariga 174,1 milliard so‘m ajratilganini yozgan edi. Bu mablag‘ 2021-yilda ovoz berish uchun sarflangan mablag‘dan 41 foizga kam.