Ruslar o‘zbek gilosini tanlashmoqda
Ruslar gilosni tez-tez sotib olishni boshlashdi. Mart-iyun oylarida ushbu rezavorlar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki-to‘rt baravar oshdi.
Mutaxassislarning fikricha, savdo hajmining o‘sishiga joriy mavsumda O‘zbekiston va Rossiyada yetishtirilgan hosilning yuqori sifati sabab bo‘lgan.
«Yandex Lavka» xaridorlari joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tgan uch oyga nisbatan ikki baravar ko‘p gilos sotib olishdi. «Samokat» internet-do‘konida gilosga bo‘lgan talab to‘rt baravar, Magnit tarmog‘ida esa «ikki barobar»ga oshgan.
Umuman olganda o‘zbek mevalari uchun bu yil omadli keldi. Mutaxassislarning fikricha, 2023-yilda O‘zbekiston o‘rikdan rekord hosil olgan va uni eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi. O‘zbek o‘riklari allaqachon arman eksportchilarining Rossiya bozoridagi mavqeini jiddiy ravishda silkitgan, bu esa bu mamlakat fermerlarining noroziligiga sabab bo‘lgan.