Turkmanistonda birinchi aqlli shahar Arkadag ochildi
Turkmanistonda yangi Arkadag shahrining birinchi bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezident Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdi.
Shahar Ashxoboddan 30 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, turkman xalqi yetakchisi, Xalq maslahati (Xalq kengashi) raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tavalludining 66 yilligi munosabati bilan ochilgan. Uning tashabbusi bilan shahar qurilishi 2019-yilda boshlangan. Rasmiylar shahar obyektlarining birinchi bosqichini qurish uchun 3,3 milliard dollardan ortiq mablag’ sarfladi.
Ochilishda mahalliy rasmiylardan tashqari Rossiya, Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Germaniya, Gruziya, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, Turkiya, O‘zbekiston va Yaponiya vakillari ishtirok etdi.
Turkmaniston sobiq rahbarining rejasiga ko‘ra, Arkadag mamlakatdagi birinchi aqlli shahar bo‘ladi — unda ekologik toza avtomobillar harakatlanadi, aqlli avtoturargohlar quriladi, qayta tiklanadigan energiya manbalari yordamida elektr energiyasi ishlab chiqariladi.