Bloomberg: Usmonov qashshoqlashda davom etmoqda
Rossiyalik biznesmen, USM xolding asoschisi Alisher Usmonov Bloomberg milliarderlari indeksiga ko’ra dunyoning eng boy 500 kishisi reytingida pasayishda davom etmoqda.

2023-yil iyun oyi boshida Usmonov 91-o‘rinda edi, biroq 3-iyulda Bloomberg uning boyligini 18,3 milliard dollar (93-o‘rin) deb baholadi.
Eslatib o’tamiz, tadbirkor USM xoldingining 49 foiz ulushiga ega. 2015-yildan beri Usmonov «Kommersant» nashriyotiga qarashli «Kommersant Holding» MChJning yagona egasi hisoblanadi. Biroq, joriy yilning may oyi oxiridan boshlab kompaniya u haqidagi ma’lumotlarni yashirib kelgan.
Italiyaning TGcom24 telekanali xabariga ko‘ra, milliarder O‘zbekistonda yashaydi. Respublikada tug’ilgan fuqaro o’zining «buyuk maqsadi» – O’zbekiston Respublikasiga yordam berishni aytdi.
Usmonov Forbes 2023 yilgi reytingida 122-o’rinda. Nashr rossiyalik tadbirkorning boyligini 14,4 milliard dollarga baholagan.