Yangiliklar

Apple dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Investorlar texnologiya gigantining kelajagi haqida ijobiy fikrda

Amerika texnologiya giganti Apple 3 trillion dollarlik bozor qiymatiga erishgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Bu haqda NBC News portali xabar berdi.

Foto: Reuters

Kompaniya o‘tgan hafta kapitallashuvning bunday hajmiga erishdi. Uning bir aksiyasining narxi 190,7 dollardan oshdi. Biroq, Apple savdo yakunida chiziqni ushlab tura olmadi.

Tahlilchilarning qayd etishicha, investorlar gajet ishlab chiqaruvchisining kelajagiga optimistik qarashadi. Korporatsiyaning chorakda daromadning 3 foizga kamayishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlari ham kutilgan natijalarga ta’sir qilmadi.

2023-yil boshidan beri Apple aksiyalari 47 foizga oshdi.

«Kursiv» yangi mahsulotlarni taqdim etgan WWDC 2023 taqdimotidan so‘ng Apple’ning qimmatli qog‘ozlari ko‘tarilganini yozdi.