O‘zbekiston pasporti to‘rt pog‘onaga zaiflashdi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonliklar 26 davlatga vizasiz kirishlari mumkin

O‘zbekiston dunyo davlatlarining «pasport kuchi» reytingida o‘z ko‘rsatkichlarini yomonlashtirib, 67-o‘rindan 71-o‘ringa tushib ketdi. Umuman olganda, Henley & Partners konsalting kompaniyasi tadqiqotida 97 davlat pasportlari baholandi.

Foto: «Xalq so‘zi»

O‘zbekiston Zimbabve va Kambodja bilan 71-o‘rinni bo‘ldi. O‘zbekistonliklar 26 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, 127 ta davlatga kirish uchun ruxsatnoma kerak bo‘ladi.

Markaziy Osiyodagi eng «kuchli» pasport Qozog‘iston fuqarolariga tegishli (53-o‘rin). Qirg‘iziston 67-o‘rinda, Tojikiston 72-o‘rinda, Turkmaniston 79-o‘rinda.

Dunyodagi eng «kuchli» pasport Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolariga beriladi. Reyting yetakchilari qatoriga Shvetsiya, Germaniya, Finlyandiya, Daniya, Belgiya, Portugaliya ham kirdi.

Suriya va Afg‘oniston fuqarolari xorijga vizasiz chiqish imkoniyati eng kam – mos ravishda 96 va 97-o‘rinlarni egallagan.

Shuningdek