Qoplonlar Qozog‘istonga qaytarildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu haqda mahalliy milliy bog‘ xodimlari xabar bermoqda
Fors qoplonlari Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatiga qaytib keldi. Viloyatda qo‘riqxona tashkil etilmoqda. Bu haqda viloyat tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga tayanib, Inaktau nashri xabar berdi.
Qoplonlarning paydo bo‘lishi haqida Qizilsoy tabiat bog‘i xodimlari xabar berishdi.
May oyida Qozog‘istonda yirik mushuklarni o‘rganish va saqlash bo‘yicha xalqaro loyiha ishga tushirildi. Uning doirasida Qizilsoy milliy bog‘i uchun bir qancha kamerali qopqonlar xarid qilindi.
Yil oxiriga qadar Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston chegaralari tutashgan joyda qoʻriqxonaning yangi klasterini yaratishni yakunlash rejalashtirilgan.