Oʻzbekistonda oilalarning qariyb 85 foizi alohida uyda istiqomat qiladi, deya maʼlum qildi Statistika agentligi. Bu 2022-yil ma’lumotlari.

O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, oilalarning 84,8 foizi xususiy uylarda, 14,4 foizi ko‘p xonadonli uylarda istiqomat qiladi. Qolgan 0,8% «boshqa turdagi uy-joylar»ga to’g’ri keladi.
Kursivning yozishicha, 2023-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda uy-joy qurilishiga 3,8 trillion so‘m sarmoya kiritilgan.