Yangiliklar

Banklar dollarni 11600 so‘mdan sota boshladi

Lekin hammasi emas

5-iyul kuni O‘zbekistondagi aksariyat tijorat banklari dollarni 11 600 so‘mdan sotishni boshladi.

Foto: kursiv / Roman Fedotov

28 moliya institutidan atigi 10 tasi dollarni ushbu belgidan past almashadi. Bugungi kunda kassalardagi eng qulay kurs «Madad Invest Bank» (11 550 so‘m), Tenge Bank (11 570 so‘m) va Asia Alliance Bank (11 580 so‘m) hisoblanadi. Banklarning kassalarida Amerika valyutasini xarid qilish 11 485 so‘mdan 11 540 so‘mgacha o‘zgarib turadi.

Shu bilan birga, bankomatlarda dollarning eng past narxi «Ipak yo‘li» banki, «O‘zmilliybank» va «Tenge bank»da – ularning barchasida xorijiy valyuta 11 570 so‘mdan sotilmoqda.

Shuni hisobga olish kerakki, bank kassalari, bankomatlar va mobil ilovalarda bir dollarning narxi har xil bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 4-iyul kuni Markaziy bank dollar kursini 6,01 so‘mga oshirib, 11 541 so‘mga yetgan edi.