Mirziyoyev “Yangi Toshkent”da 200 million dollarga akvapark qurmoqchi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Hovuzning maydoni 35 gektarni tashkil qiladi

«Yangi Toshkent» hududida 50 gektar yangi akvapark barpo etiladi. Bu haqda O‘zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

200 million dollarlik loyiha 35 gektarlik suzish havzasini qurishni o‘z ichiga oladi.

Eslatib oʻtamiz, «Yangi Toshkent» Chirchiq va Qorasuv daryolari oraligʻida qurilayotgan maʼmuriy markaz hisoblanadi. Birinchi bosqichda Yangi Toshkent shahrida 60 ming aholiga moʻljallangan koʻp qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bogʻchasi, koʻp tarmoqli shifoxona va beshta oilaviy poliklinika quriladi.

Shuningdek