Kitoblarni raqamlashtirish va 500 mlrd. O‘zbekiston kutubxonalarini qanday yangiliklar kutmoqda

eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev shunday bayonot bilan chiqdi

O‘zLiDeP partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashuvda barcha kutubxonalar 2030-yilgacha yangilanishini ma’lum qildi. Bu maqsadlar uchun 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

FOTO: Unsplash

– Har yili bolalar va o‘smirlar uchun 100 ta eng yaxshi badiiy asar va 50 ta badiiy kitob yaratish bo‘yicha ijodiy buyurtma berilib, mualliflarga 100 million so‘mlik gonorar to‘lanadi. Bu kitoblar 20 ming nusxada chop etilib, maktab va kutubxonalarga bepul sovg‘a qilinadi. Buning uchun har yili 200 milliard so‘m ajratamiz”, — dedi u.

Bundan tashqari, 2030 yilgacha kutubxonalarning 40 millionga yaqin kitob fondi raqamlashtiriladi va ular asosida yagona katalog yaratiladi.

Kelgusi yetti yilda kutubxona va muzey xodimlarining maoshi uch barobar oshiriladi. 2030-yilgacha madaniyat va san’at sohasi vakillari, yozuvchilarga yangi binolardan imtiyozli shartlar asosida 10 ming xonadon beriladi.

Shuningdek