O‘zbekistonda kelasi yildan bakalavriatning pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha talabalar to‘liq grantga o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zLiDeP deputatligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Shuningdek, unga ko‘ra, magistraturada ushbu mutaxassislik bo‘yicha kvotalar ikki barobarga oshiriladi.
Ta’lim sifati past bo‘lgan, kadrlar bilan ta’minlanmagan maktablar uchun maqsadli davlat buyurtmalari joriy etiladi. Mazkur maktablarda ish bilan ta’minlangan universitet bitiruvchilariga imtiyozlar beriladi.
«Shunday qilib, 2030-yilga borib barcha bog‘cha tarbiyachilari va maktab o‘qituvchilari oliy ma’lumotga ega bo‘ladilar», deb ishontirdi nomzod.