O‘zbekiston qo‘shilmaganlarga yetakchilik qiladi
Qo‘shilmaslik harakatining barcha a’zolari O‘zbekistonning tashkilotga muvaqqat raisligini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
«Harakatning barcha aʼzolariga Oʻzbekistonning 2027—2029-yillarda Qoʻshilmaslik harakati raisligiga nomzodini qoʻllab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz», — deb yozdi Saidov oʻzining Telegram-kanalida.
Shuningdek, u harakatning muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etganini aytdi. Tadbir Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkilotning qisqa va uzoq muddatli istiqboldagi faoliyati yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Qo’shilmaslik harakati 120 ta davlatni harbiy bloklarda qatnashmaslik tamoyili asosida birlashtirgan xalqaro tashkilotdir. U 1961 yilda Belgrad konferentsiyasida yaratilgan.