O‘zbekiston va Pokiston yuk tashish hajmini oshirishga kelishib oldi
eʼlon qilindi
Savdo yoʻli Afgʻoniston orqali oʻtadi
Multimodal savdo yoʻli Oʻzbekiston va Pokistonni bogʻlaydi. Tashabbus mamlakatlar oʻrtasidagi yuk tashish hajmini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Loyihani bir kun avval O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Pokiston elchisi Ahmad Faruk muhokama qilgan.
Tomonlar Afg‘oniston hududi orqali davlatlar o‘rtasida multimodal yuk tashishni rivojlantirishga kelishib olishdi.