Yangiliklar

Sirdaryoning transport sohasi yangilanishi kutilmoqda

Bu haqda O‘zLiDeP partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi

Sirdaryo viloyatidagi jamoat transporti yaqin yetti yilda 160 ta avtobus bilan to‘ldiriladi. Bu haqda O‘zLiDeP partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston transport vazirligi

“Sirdaryo viloyatida jamoat transporti sonini koʻpaytirish maqsadida 160 ta yangi avtobus keltiriladi, zamonaviy loyihalar boʻyicha 60 ta bekat barpo etiladi, – dedi Mirziyoyev.

Bundan tashqari, Toshkent-Xovost yo‘nalishi bo‘ylab qatnovchi elektr poyezdlari ham yangilanishi kutilmoqda. Buning uchun 20 million dollar ajratiladi.