World Gold Council: O‘zbekiston Markaziy banki oltin sotuvchilarning 3 taligiga kirdi
O‘zbekiston Markaziy banki may oyida oltin sotish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Jahon Oltin Kengashi (WGC) ma’lumotlariga ko’ra, regulyator 11 tonna qimmatbaho metalni sotgan.
Oltin sotish bo‘yicha mutlaq yetakchi Turkiya Markaziy banki bo‘ldi – 62 tonna, Qozog‘iston uchinchi o‘rinda – 2 tonna.
May oyida Polsha regulyatori qimmatbaho metallni faol ravishda sotib oldi – 19 tonna, shuningdek, Xitoy va Singapur – mos ravishda 16 va 4 tonna.
Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida O‘zbekistonning oltin-valyuta aktivlari 35,2 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, aprel oyiga nisbatan aktivlar 230 million dollarga kamaygan.
1-iyun holatiga ko‘ra, respublikaning zaxira aktivlari 837,9 million dollarga qisqarib, 34,37 milliard dollarni tashkil etdi.Shu bilan birga, oltin zahiralari hajmi 11,9 million troy untsiyani tashkil qildi.