O‘zLiDeP Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 2024-yildan boshlab Toshkentni Bekobod, Xodjikent va Angren bilan bog‘laydigan 10 ta elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishini aytdi.
– Bugungi kunda Toshkent viloyatida 30-40 yil avval olib kelingan to‘rtta elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Yo‘lovchi tashish sifatini oshirish uchun poyezdlar yangilanadi”, — dedi u. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya taraqqiyot banki O‘zbekistonga elektropoyezdlar va yo‘lovchi vagonlarini xarid qilish uchun imtiyozli kredit ajratishi xabar qilingandi.