Toshkent viloyatining uchta tumanida quyosh elektr stansiyalari o‘rnatiladi
Toshkent viloyatining Qibray, Yuqorichirchiq va Bo‘ka tumanlarida 1,7 ming megavatt quvvatga ega uchta quyosh elektr stansiyasi quriladi. Bu haqda O‘zLiDeP Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati elektorati bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Qurilishga 1,5 milliard dollar Xitoy va Saudiya sarmoyasi jalb qilinadi.
Bundan tashqari, Angren IESda quvvati 600 MVt boʻlgan ikkita koʻmir quvvat bloki va quvvati 900 MVt boʻlgan gidroelektr stansiyasi quriladi.
Bir kun avval Mirziyoev Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan suhbatda quvvati 1,5 ming MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishini ma’lum qilgan edi. Nomzodning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya, Fransiya va Qatar kompaniyalaridan 1,1 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ jalb qilinadi.