O‘zbekistonda Prezident saylovini o‘tgan deb hisoblash mumkin
eʼlon qilindi
Ovoz berishda saylovchilarning 33 foizdan ortig‘i ishtirok etdi
Prezident saylovi saylovchilarning 33 foizdan ortig‘i ovoz bergan taqdirda o‘tgan deb topiladi, dedi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov.
Hozirda davom etayotgan saylovda Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da saylovchilarning 33,54 foizi ovoz berdi. Bu taxminan 6,5 million kishi.