Xitoyning IT-giganti Alibaba va uning sho‘ba korxonasi Ant Group o‘z asoschisi Jek Maning Pekinning IT sohasi ustidan davlat nazorati siyosatini tanqid qilgani tufayli 850 milliard dollar yo‘qotdi, deb yozadi RBK Bloomberg’ga tayanib.
Bunday bayonotlardan so‘ng Ant Group’ning IPO’si bekor qilindi va Alibaba rahbariyati kompaniyani oltita bo‘linmaga bo‘lishga qaror qildi.
Alibaba aktsiyalarining o’sishiga qaramay, kompaniya atigi 234 milliard dollarga baholandi, bu 2020 yildagidan 620 milliard dollarga kam.
Jek Maning o’zi Xitoy hukumati bilan to’qnashuvdan so’ng bir yildan so’ng vataniga qaytdi. South China Morning Post nashrining yozishicha, Ma Xanchjouda o‘zi asos solgan maktabga tashrif buyurgan. 2022 yilning bahoridan beri milliarder Yaponiyada yashaydi.