Prognozlardan farqli o’laroq, iyun oyida Xitoyda inflyatsiya o’smadi, ko’rsatkich bir yil avvalgi darajada saqlanib qoldi. Bu 2021-yil fevral oyidan beri eng past ko‘rsatkichdir, deya xabar beradi Trading Economics.
Oziq-ovqat narxlarining oshishi nooziq-ovqat tovarlari va transport xizmatlari narxining pasayishini qopladi.
Yillik asosda asosiy iste’mol narxlari 2021 yil mart oyidan beri eng past ko’rsatkich 0,4% ga oshdi, oylik 0,2% ga tushdi.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, barqaror inflyatsiya ko’rsatkichlari fonida zavod sotish narxlari pasayishda davom etgan. Bu yangi deflyatsiya ehtimolini oshiradi.
«Deflyatsiya xavfi juda real», – degan Pinpoint Asset Management Ltd bosh iqtisodchisi Chjan Chjivey nashrda.