Vashington Oʻzbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevga islohotlarni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi bayonotida aytiladi.
Oq uy Qo’shma Shtatlar va O’zbekiston o’rtasidagi iqtisodiy, ta’lim va gumanitar aloqalarni chuqurlashtirishga, davlatlar o’rtasidagi xavfsizlik sohasida hamkorlikka ishonadi.
Amerika hukumati respublikada vakillik hokimiyatini takomillashtirishni qoʻllab-quvvatlashga tayyor.